
Boeing 737
Dunyodagi eng ko‘p sotilgan yo‘lovchi laynerlaridan biri. Ekran va tugmalarga to‘la kabinada o‘zingizni aviakompaniya uchuvchisidek his qilasiz.
- 6 kishigacha
- 40 yoki 70 daqiqa
- Murakkabroq boshqaruv
Boeing 737 va Cessna 172 simulyatorlari — Toshkentda. Shturval sizning qo‘lingizda, instruktor butun seans davomida yoningizda.
Samolyot kabinasini takrorlovchi trenajyor: shturval, pedallar, tugmalar va ekranlar. Siz uchuvchi o‘rindig‘iga o‘tirasiz, oynada osmon, shahar va aeroport ko‘rinadi, samolyotni esa o‘zingiz boshqarasiz. Instruktor butun seans davomida yoningizda bo‘ladi.
Uchuvchi bo‘lishni orzu qilganlar, aviatsiya ishqibozlari va g‘ayrioddiy dam olish izlayotgan oila yoki do‘stlar uchun. Narx butun guruh uchun — 625 000 so‘mdan.

Dunyodagi eng ko‘p sotilgan yo‘lovchi laynerlaridan biri. Ekran va tugmalarga to‘la kabinada o‘zingizni aviakompaniya uchuvchisidek his qilasiz.

Tarixdagi eng ko‘p ishlab chiqarilgan samolyot, uchuvchilikka o‘qitishda eng ko‘p ishlatiladi. Boshqarish oddiyroq, birinchi parvoz uchun ayni muddao.
Narx butun guruh uchun. Bir vaqtda 2 kishi boshqaradi, guruhdagilar seans davomida almashib uchishi mumkin.
Instruktorlarimiz
Oldindan tajriba shart emas. Instruktor boshida hammasini tushuntiradi, keyin parvozning boshidan qo‘nishgacha yoningizda o‘tirib, har bir qadamda yo‘l-yo‘riq beradi.
40 daqiqalik seans — 10 daqiqa instruktaj va 30 daqiqa parvoz. 70 daqiqalik seans — 10 daqiqa instruktaj va 60 daqiqa parvoz.
Seansdan 10 daqiqa oldin Park in Mall 4-qavatidagi Penta Sky kassasiga keling va bron raqamingizni ayting.
Instruktor kabina va boshqaruvni tushuntiradi, qayerga uchishni birga tanlaysiz.
Samolyotni o‘zingiz ko‘tarasiz, boshqarasiz va qo‘ndirasiz. Instruktor yoningizda, guruhdagilar navbat bilan almashadi.
Kabinada o‘z telefoningiz bilan suratga tushishingiz mumkin.
Boeing 737 — katta yo‘lovchi layneri, ko‘p ekran va tugmalar, 6 kishigacha guruh uchun. Cessna 172 — yengil samolyot, boshqarish oddiyroq va narxi arzonroq, 4 kishigacha guruh uchun. Birinchi marta bo‘lsa, Cessna 172 dan boshlash qulay.
Yo‘q. Seans boshida instruktor hammasini tushuntiradi va butun seans davomida yoningizda bo‘lib, har bir qadamda yo‘l-yo‘riq beradi.
Yo‘q, narx butun guruh uchun: Boeing 737 da 6 kishigacha, Cessna 172 da 4 kishigacha. Bir vaqtda 2 kishi boshqaradi, seans davomida guruhdagilar almashib uchishi mumkin.
Saytda — Payme, Click, Uzum Bank ilovalari yoki Uzcard / Humo kartasi bilan. Kassada — naqd pul, Humo, Uzcard yoki Visa kartalari, Payme yoki Click bilan.
Ha. Simulyator bo‘sh bo‘lsa, kassada chipta olib darhol kirasiz. Vaqt aniq bo‘lishi uchun oldindan bron qilgan ma’qul.